AsosiyJamiyat

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovga tabrik yo`lladi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Ulug` Vatan urushida qozonilgan G`alabaning 69 yilligi munosabati bilan tabrik yo`lladi.

Muhtaram Islom Abdug`anievich!

Sizni Ulug` Vatan urushida qozonilgan G`alabaning 69 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Xalqlarimiz fashizmga qarshi elkama-elka qahramonona jang qilgan va behisob qurbonliklar evaziga o`zlarining hayotini, erkinligini va munosib kelajagini himoya qilgan. Biz millionlab qurbonlar xotirasiga ta`zim qilamiz va mislsiz janglardan omon chiqib, bizni tinchlikni asrab-avaylashga, qadriga etishga da`vat etgan ota-bobolarimizning jasoratiga hamisha yuksak ehtirom ko`rsatamiz,-deyiladi tabrikda.

Buyuk G`alaba yodi bugun ham mamlakatlarimiz xalqlarini birlashtirmoqda. Biz bu yil 10 yilligini nishonlaydigan Rossiya Federasiyasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi Strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma buning yorqin tasdig`idir. Ishonchim komilki, Rossiya va O`zbekiston aloqalarining yanada mustahkamlanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashga xizmat qiladi.

Muhtaram Islom Abdug`anievich, O`zbekistonda yashayotgan Ulug` Vatan urushi faxriylariga minnatdorligim va eng samimiy tabriklarimni, butun O`zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab bildirgan ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

 

    Boshqa yangiliklar