AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokasiyasini belgilash tartibi o`zgardi

'Toshkent shahrida patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokasiyasini belgilash tartibi o`zgardi'ning rasmi

Toshkent shahridagi shahar ichki ishlar bo`limlari ichki ishlar bo`limlari sifatida qayta tashkil etiladi. Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to`g`risida”gi qarori bilan belgilandi.

Ular zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilatiladi.

Ichki ishlar bo`limlari rahbarlari o`ziga biriktirilgan hudud doirasida ichki ishlar bo`limi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo`yicha mustaqil qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo`ladi.

Ular, shuningdek, biriktirilgan patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokasiyasini belgilaydi, o`z hududidagi tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ichki ishlar bo`limi kuch va vositalarini joylashtirishni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar