AsosiyJamiyat

27 fevralga qadar Sariosiyoga yo`lovchi poezdi yurmaydi

'27 fevralga qadar Sariosiyoga yo`lovchi poezdi yurmaydi'ning rasmi

“O`ztemiryo`lyo`lovchi”aksiyadorlik jamiyati Toshkent-Sariosiyo-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 680/679-sonli yo`lovchi poezdi joriy yilning fevral sanasiga qadar faqat Qumqo`rg`on bekatigacha qatnovni amalga oshirishi yuzasidan axborot berdi.

Qumqo`rg`ondan Toshkentgacha bo`lgan qatnov esa 28 fevralgacha davom etadi.

Jamiyat xodimlarining O`zA muxbiriga ma`lum qilishicha, Toshkent-Sariosiyo-Toshkent yo`nalishidagi qatnovning 27 fevral sanasiga qadar faqat Qumqo`rg`on bekatigacha amalga oshirilishiga sabab, mazkur yo`nalishdagi temir yo`lning Qumqo`rg`on bekatidan Sariosiyo bekatigacha bo`lgan qismida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Toshkent-Sariosiyo-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 680/679-sonli poezdiga Qumqo`rg`on bekatidan keyingi bekatlargacha oldindan xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida qaytarib olinadi.

    Boshqa yangiliklar