AsosiyJamiyat

Quyi Chirchiqda velopatronaj xizmati ish boshladi

'Quyi Chirchiqda velopatronaj xizmati ish boshladi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi aholiga sifatli va tezkor xizmat ko`rsatish uchun velopatronaj xizmatini yo`lga qo`ydi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Hududdagi patronaj hamshiralar ishi samaradorligini oshirish, ularning uzog`ini yaqin qilish maqsadida tibbiyot muassasalariga tuman hokimligi tomonidan 22 velosiped taqdim etildi. Ayni paytda tuman tibbiyot birlashmasidagi 81 patronaj hamshirasi 104 ming 248 nafar aholiga xizmat ko`rsatadi.

Sohada ro`y berayotgan bunday yangiliklar tibbiy patronaj tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga mo`ljallangan. Bu esa kasalliklarning o`z vaqtida oldini olish, ayniqsa, onalik va bolalikni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar