AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi bilan uchrashdi

'Abdulaziz Komilov AQSh elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

2018-yilning 15-fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo`shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Ko`plab insonlarning halok bo`lishiga olib kelgan Florida shtatidagi Marjori Stoneman Douglas maktabida ro`y bergan vahshiyona jinoyat munosabati bilan Vazir samimiy ta`ziya bildirdi.

O`z navbatida, Elchi Prezident Shavkat Mirziyoevga va O`zbekiston xalqiga AQSh uchun bu og`ir damlarda g`amxo`rligi va hamdardligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya ikki tomonlama kun tartibinining dolzarb masalalari va unga tayyorgarlik ko`rishning amaliy jihatlari ko`rib chiqildi, deya xabar qiladi “Jahon” axborot agentligi saytida.

    Boshqa yangiliklar