Shu kunlarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan katta qaror loyihasi tayyorlanmoqda.
Ushbu qaror e`lon qilinishidan oldin shaxsan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev topshirig`iga asosan Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar jamoatchilik fikrini o`rganishadi. Shuningdek, mamlakat sportining bugungi holati eng pastki bo`g`indan o`rganib chiqiladi.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, qarorni yanada mukammal ko`rinishga olib kelish, xalq dardini bilish va keyinchalik qarorning barcha bandlari ishlashi uchun zamin yaratishdan iboratdir. Ushbu qarorning e`lon qilinishi, mamlakatimizda sport taraqqiyoti, qolaversa Olimpiya harakatining yanada rivojlanishida juda katta turtki bo`ladi.
Yig`ilish bugun O`zbekiston Milliy akademik drama teatrida soat 15:00 da boshlanadi.






