O`zbekiston va Qoraqalpog`iston respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bugun 40 bahorni qarshi oldi.
Xonandaning rasmiy saytida berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 18 kun poytaxtimizning “Istiqlol” san`at saroyida jonli ijroda konsert dasturini taqdim etgan san`atkor, 20 maydan “Mening baxtim” konsert dasturi bilan yurtimiz viloyatlari bo`ylab gastrol safariga otlanadi.
Ijodiy safar Samarqand viloyati (20 may), Buxoro (21 may), Ishtihon (24 may), Andijon (27 may), Namangan (28 may), Farg`ona (30 may) viloyatlari bo`ylab 10 kun davom etadi.
Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov 14 iyundan 2 iyulga qadar Rossiya Federasiyasi bo`ylab gastrol safari uyushtiradi.
O`z o`rnida bugungi sana munosabati bilan biz ham san`atkorni muborakbod etib, unga muxlislari nomidan barcha samimiy tilaklarni bildiramiz.