Osiyo futbol konfederasiyasi Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboevning golini OFK chempionlar ligasining birinchi turida kiritilgan eng chiroyli gol deb e`lon qildi.
OFK rasmiy saytida o`tkazilgan so`rovnomada Ikrom Aliboevning "Al-Vahda" darvozasiga kiritgan goli uchun so`rovnoma qatnashchilarining 49%i ovoz bergan.
"Al-Jazira" futbolchisi Ahmad al-Hoshimiyning goli 47%, "Chonbuk Motors" futbolchisi Li Dong Gukning goli 3% ovoz to`plagan.
Eslatib o`tamiz, "Lokomotiv" birinchi turda BAAning "Al Vahda" klubini 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgandi. Aliboev 53-daqiqada maydon markazidan raqib darvozasini ishg`ol qilgan bo`lsa, 87-daqiqada dublga erishib jamoasi g`alabasiga hissa qo`shgandi.