"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL nimchorak finalining birinchi uchrashuvida "PSJ" darvozasiga ikki to`p kiritdi (3:1).
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi chempionlar ligasining qatorasiga 8-uchrashuvida ham gol urishga muvaffaq bo`ldi.
Ronaldu 2017 yilning aprelidan boshlab EChLning 12 uchrashuvida 21 ta gol urdi.
Bundan tashqari, hujumchi bir klub safida EChLda 100lik dovondan o`tgan birinchi futbolchiga aylandi, u 100 va 101-gollarni urdi.
Uning chempionlar ligasidagi umumiy gollari 116 taga etdi.
Krishtianu chempionlar ligasidagi gollar soni bo`yicha "Monako" va "Shaxtyor" klublarini ortda qoldirdi. EChLda faqat 19 jamoa Ronaldudan ko`proq gol urgan.






