AsosiySport

O`zbekiston Professional futbol ligasining yangi logotipi tasdiqlandi

'O`zbekiston Professional futbol ligasining yangi logotipi tasdiqlandi'ning rasmi

O`FAda olib borilgan islohotlarning navbatdagisi O`zbekiston Professional futbol ligasi logotipini zamon talablari darajasida yangilashdan iborat edi. Tanlov e`lon qilingach, O`zPFLga ko`plab mualliflardan turli ko`rinishdagi logotiplar kelib tushdi.

O`zPFL qoshida tuzilgan maxsus komissiyaning xulosasiga ko`ra ushbu logotip tanlab olindi va O`zPFLning rasmiy logotipiga aylandi.

Demak, mazkur logotip barcha professional klublar faoliyatiga joriy etiladi. Klublarning rasmiy xatida, sport kiyimida, stadion banneri va boshqa faoliyatida ushbu logotip aks ettiriladi.

Yaqin orada O`zPFLning rasmiy sayti ham yangicha ko`rinish oladi va albatta, unda yangi logotip ham aks ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar