AsosiyIqtisodiyot

Oltin-valyuta zaxiralarining yangi qiymatlari e`lon qilindi

'Oltin-valyuta zaxiralarining yangi qiymatlari e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Markaziy banki mamlakat oltin-valyuta zaxiralari to`g`risidagi yangi axborotni e`lon qildi.

2018 yil 1 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 28,774 milliard dollarni tashkil etdi.

1 yanvarda bu ko`rsatkich 28 milliard dollarni tashkil etgandi. Shu tariqa, bir oyda oltin-valyuta zaxiralari hajmi 700 million dollarga ko`paydi.

Bundan 14,7 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, salkam 14 milliard dollar esa monetar oltindan iborat.

O`zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 27,250 milliard dollarga teng.

    Boshqa yangiliklar