1

AKT sohasini tubdan takomillashtirish bo`yicha Prezident farmoni

Siyosat 20.02.2018, 10:59
AKT sohasini tubdan takomillashtirish bo`yicha Prezident farmoni

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonda ta`kidlanishicha yurtimizda telekommunikasiya infratuzilmasi etarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog`ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti.

Mazkur sohada boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Farmon bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo`nalishlari belgilab berildi.

Farmon bilan 2018 yil 1 iyundan tadbirkorlik sub`ektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog`idagi elektron savdo maydonchalari orqali (ayrim tovarlardan tashqari) tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi qayd etildi.

Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat`i nazar, chakana savdo hisoblanadi.

Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas`ul bo`lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo`lmagan miqdorda belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasiga 2018–2020 yillarga mo`ljallangan hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish dasturlarini va ustuvor loyihalarning manzilli ro`yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash vazifasi yuklatilmoqda.

Mazkur dasturda shu jumladan, telekommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmog`idan keng doirada foydalanishini ta`minlash, sog`liqni saqlash, ta`lim, kommunal xizmat ko`rsatish, turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma`lumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil qilish ham nazarda tutiladi.

✳️Hujjatning to`liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1