O`zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ozarbayjon va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo`lib o`tdi, deya xabar berdi O`zA.
Tadbirda 20 dan ortiq ozarboyjonlik yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi.
O`zbekistonda Ozarbayjon Respublikasi sarmoyasi ishtirokida 84 korxona faoliyat yuritadi. Ozarbayjonda esa O`zbekistonning 2 korxonasi tashkil etilgan. Bular "O`zbekiston havo yo`llari" MAK va "O`zavtosanoat" dilerlik markazidir.
Biznes-forum doirasida O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederasiyasi o`rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Shundan so`ng O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov va Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederasiyasi prezidenti Mamed Musaev ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda ikki mamlakat ishbilarmonlari hamkorlikdan birdek manfaatdor ekani ta`kidlandi.
20.02.2018 15:39
Ozarbayjon va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo`lib o`tdi
