Beeline aloqa operatori mamlakatning III va IV kurs talabalari uchun “Uchinchi avlod-2014” amaliyot o`tash dasturida ishtirok etish uchun so`rovlarni yig`ishni yakunlagani haqida xabar beradi.
Hammasi bo`lib 150ta ariza topshirilgan, ularning ichidan 77 nomzod yaqin orada test sifatida bo`lib o`tadigan ikkinchi bosqichga o`tdilar. Eslatib o`tamiz, bu yili Beeline “Uchinchi avlod” dasturini kengaytirdi, buning natijasida MDIST, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkent Irrigasiya va Meliorasiya Instituti, MDU, MTI, O`zbekiston Milliy universiteti, Neft va Gaz Rossiya Davlat universiteti, TDTU, TATU, Turin Politexnika universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va JIDU talabalari kompaniyada amaliyot o`tash istagini bildirdilar.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Olti yil davomida eng yaxshi talabalarga telekom-sohasining etuk kompaniyasida karera boshlash imkonini bermoqdamiz. Ishonaman, bu erda ular tanlagan sohada professional sifatida kelgusi rivojlanishlari uchun baholi tajriba, bilim va malaka olishlari mumkin. Qo`shib o`tishim joiz, “Uchinchi avlod” dasturi tufayli bizning kompaniyamizda ko`p sonli yosh va muvaffaqiyatli xodimlar faoliyat olib bormoqdalar”.
Ikkinchi bosqich - test natijalariga ko`ra eng ko`p ball to`plagan talabalar xodimlarni tanlash bo`yicha mutaxassis va bo`lg`usi rahbari bilan suhbatga taklif qilinadilar. Eslatib o`tamiz, 2014 yilda Beeline‘da amaliyot o`tash tijorat, texnik va IT-bo`limlarida ochilgan.
Amaliyot natijalariga ko`ra eng muvaffaqiyatli talabalarga o`qish bilan moslashgan holda maxsus ish jadvali, istiqbolda esa Beeline‘ning doimiy xodimi ish o`rni beriladi. “Uchinchi avlod” amaliyot o`tash doirasi 2014 yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan.





