1

Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon qanday hujjatlarni imzolashadi?

Siyosat 21.02.2018, 15:57
Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon qanday hujjatlarni imzolashadi?

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga rejalashtirilgan tashrifi yakunlari bo`yicha 20dan ortiq hujjat imzolanishi ko`zda tutilgan, deb xabar berdi Tojik TA Tojikiston hukumatidagi manbaga tayanib. Bu haqda «Sputnik» yozmoqda.

«O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning mart oyining birinchi dekadasida Tojikistonga amalga oshirishi rejalashtirilgan ilk davlat tashrifi yakunlari bo`yicha 20dan ortiq davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar imzolanishi ko`zda tutilmoqda», — dedi manba.

Ikki mamlakat fuqarolarining Tojikiston va O`zbekiston hududida bir oygacha vizasiz yurishlari hamda davlat chegarasining bahsli qismlari borasidagi masalaga chek qo`yuvchi ikki davlat chegaralarini demarkasiya va delimitasiya qilish haqidagi kelishuvlarni ular orasida eng ahamiyatlilari deb atash mumkin.

Shuningdek, O`zbekiston tomonidan ikki davlat biznes tuzilmalari munosabatini rivojlantirishga yo`naltiriladigan 100 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit taqdim etilishi haqidagi hujjatning imzolanishiga ham katta e`tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, transport, kommunikasiya, O`zbekiston tomonidan Tojikistonda bir maktab va kasalxona qurilishining moliyalashtirilishiga oid kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Mirziyoevning Dushanbega tashrifi doirasida Tojikiston va O`zbekiston ishbilarmon doiralarining biznes-forumi o`tkaziladi.

Unda tojik va o`zbek biznesining etakchi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir davomida yirik shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi tovar almashish hajmi 2017 yilda 126 million dollarni tashkil etdi, jumladan, O`zbekistondan 69 million dollarlik mahsulot import qilingan bo`lsa, 57 million dollarlik mahsulot O`zbekistonga eksport qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1