AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ikkita yirik xalqaro ko`rgazma ish boshladi

13-15 may kunlari “O`zekspomarkaz”da “O`zbekiston neft va gazi” (OGU 2014) 18- xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi.

Ko`rgazma O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 apreldagi farmoyishiga asosan “O`zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan keng hamkorlikda  o`tkaziladi. Mazkur ko`rgazma doirasida, shuningdek, 14-15 may kunlari xalqaro ilmiy-texnik konferensiya ham o`tkaziladi, unda neftgaz sanoatini ahvoli va yanada rivojlantirish istiqbollarining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek shu kunlari ko`rgazma majmuasida «Energetika - Power Uzbekistan 2014» to`qqizinchi xalqaro ko`rgazmasi ham bo`lib o`tadi. Ko`rgazmalar tashkilotchisi ITE Uzbekistan xalqaro ko`rgazmalar kompaniyasi va uning ITE hamkor kompaniyalar guruhi.

O`n sakkizinchi marotaba o`tkazilayotgan Xalqaro Ko`rgazma va Konferensiya nafaqat nufuzli voqea, balki, bu juda ham muhim, mazkur tarmoqning etakchilari ishonchini qozongan haqiqiy biznes maydon bo`lib qoldi. Bugungi kunda Lukoyl, Motor Sich, Ob`edinennaya Dvigatelestroitelnaya Korporasiya, Privod AUMA, Gidromashservis, Sharjah Oxygen, CGG, Dressta, Confind va Solar Turbines, Jumo, MAN, Kanex va Samson, Beijing Tianhai Industry Co.,Ltd, BGP Inc. kabi nomi dunyoga taniqli bo`lgan kompaniyalar xorijlik eksponentlar orasidan joy olgan, ularning aksariyati OGU doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishni o`zlari uchun shart deb hisoblaydi.

O`tgan yilgi ko`rgazmadan so`ng O`zbekiston neftgaz tarmog`ida katta o`zgarishlar kuzatildi. Neftgaz tarmog`ini rivojlantirish va modernizasiyalash uchun xorijiy kapitalni jalb qilish va o`zlashtirish hissasi sezilarli darajada o`smoqda.

Joriy yilda OGU bir yo`la uchta muhim sana sharoitida o`tmoqda: Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi va “O`zbekneftgaz”ning Neft va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish institutining 55 yilligi, hamda “O`zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi va  «Lukoil Oversiz Xolding Ltd» o`rtasida mahsulotni taqsimlash haqidagi Shartnomaning 10 yilligi. Mazkur shartnoma natijasida amalga oshirish muddati 35 yil bo`lgan “Qandim-Hovuzak-Shodi” megaloyihasi yaratildi. 

OGUning birinchi kuni - 13 may an`anaviy tarzda «LUKOYL» bayrog`i ostida o`tadi. Salobatli taqdimot kompaniya ishi haqida batafsil ma`lumotni beradi. Kompaniya bugungi kunda O`zbekistonda mahsulotni taqsimlash haqidagi shartnoma bo`yicha uchta loyihani amalga oshirmoqda, bular – Qandim-Xovuzak-Shodi-Qo`ng`rod, Janubiy G`arbiy Hisor konlarida qazish ishlari, hamda Orol dengizining O`zbekistonga tegishli qismida geologik razvedkani o`tkazmoqda. Shu kuni “O`zekspomarkaz” MKMning ochiq maydonida “LUKOYL” rivojining jadalligini aks ettiruvchi uslubiy shou o`tkaziladi.

Bu yil xalqaro ko`rgazma va “O`zbekiston neft va gazi - OGU 2014” anjumani jahonning 20ta mamlakatining 160dan ko`proq kompaniyasini birlashtiradi, ular orasida: Buyuk Britaniya, Vengriya, Vetnam, Germaniya, Daniya, Italiya, Qozog`iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Polsha, Rossiya, Rumniya, SShA, Turkiya, O`zbekiston, Ukraina, Fransiya va boshqalar bor.

Bo`lajak ko`rgazma va konferensiyaning homiylar tarkibi jahonga nomi taniqli bo`lgan kompaniyalarning yuqori darajadagi e`tirobidan dalolat beradi:

OGU 2014 Oltin homiylari sifatida Lukoil, Sasol, WorleyParsons, kumush homiy - Oltin Yo'l GTL (Uzbekistan GTL), bronza homiy - Yokogawa Electric CIS Ltd ishtirok etdi.

Ko`rgazma maydonining 83 foizini egallagan ko`p sonli xorijlik ishtirokchilar stendlarida chet ellik etakchi ishlab chiqaruvchilarning neftgaz mahsulotlarini qazib chiqarish va qayta ishlashdagi eng yangi uskunalari, asboblari, buyumlari, hamda eng yaxshi muhandislik echimlari taqdim etiladi.

O`zbekiston energetika tarmog`idagi asosiy biznes voqea - Power Uzbekistan har yili butun dunyodan keladigan ishtirokchilarning noyob tarkibini jamlaydi. Ko`rgazmaning amaliy qadri shundaki, u zamonaviy ishlanmalar va texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro hamkorlik aloqalarni mustahkamlash va yangi kapital quyulmalarni jalb qilish uchun muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. «Power Uzbekistan» o`tkazilgan to`qqiz yil mobaynida u tarmoqning yirik kompaniyalari va professionallarining diqqatini o`ziga tortuvchi brend bo`lib qoldi. Tadbirkorlar va mutaxassislarning uchrashuv maydonchasi O`zbekistonning energetika majmuasini rivojlantirish va modernizasiya qilish sohasidagi boy salohiyatini namoyish qilish, tarmoqning jahondagi holati haqidagi oxirgi ma`lumotni olish, tajriba almashish, hamda ko`rgazmada o`tkaziladigan ko`plab uchrashuvlar va muzokaralar chog`ida yangi ma`lumotlarni olish imkonini beradi.   

Joriy yilda ekspozisiyada Germaniya, Qozog`iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, O`zbekiston va Fransiyaning 50ga yaqin kompaniyalari ishtirok etadi.

Egallangan maydonlar va taqdim etilgan mahsulotlar bo`yicha, an`anaga ko`ra, peshqadamlik Rossiya Federasiyasi kompaniyalariga tegishlidir. Joriy yilda Rossiya bayrog`i ostida 20ta kompaniya qatnashadi

Ko`rgazmaning amaliy dasturini 14 may kuni o`z ishini boshlaydigan an`anaviy seminarlar turkumi boyitadi. 

    Boshqa yangiliklar