Bugun, 22 fevral kuni Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o`yinlarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Komil To`xtaev uchun musobaqa yakunlandi.
Hamyurtimiz bugun slalom bahslarida startga chiqdi. Afsuski, ilk oraliqdayoq xatoga yo`l qo`yganligi sababli diskvalifikasiya qilindi va marraga etib bora olmadi. Ta`kidlab o`tish lozimki, slalom bahslarida 108 nafar sportchi startga chiqqan bo`lsa, ularning 52 nafari marraga etib bora oldi. 56 nafar sportchi esa musobaqadagi ishtirokini birinchi chiqishdayoq yakunlashga majbur bo`ldi.
Birozdan so`ng slalom bahslarida ikkinchi chiqish bo`lib o`tadi. Aynan ushbu bahslardan so`ng sovrinli o`rinlar sohibi aniqlanadi. Birinchi chiqishda diskvalifikasiya qilingan sportchilar uchun esa Olimpiya o`yinlari yakunlandi.
Eslatib o`tamiz, 18 fevral kuni Komil gigant slalom bahslarida ishtirok etgan va umumiy hisobda 2:35.99 natija ko`rsatib, 110 nafar sportchi ichida 52-o`rinni egallagandi.






