1

O`zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa taklif etiladi

Hi-tech 22.02.2018, 13:03
O`zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa taklif etiladi

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, turistik SIM-kartalarni sotish bo`yicha servis xizmatlari aeroportlar, avtovokzallar va boshqa jamoatchilik joylarida ishga tushiriladi.

Sayohatchilar uchun qimmat hisoblangan rouming o`rniga muqobil sifatida qulay mobil aloqa yaratiladi.
Bunday SIM-kartalarni olish uchun yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjat(pasport) bo`lsa kifoya. Qo`shimcha tarzda telefon qurilmasi yoki mobil routerni ijaraga berish xizmati ham taqdim etiladi.

Bu borada maxsus tarif ishlab chiqqan birinchi kompaniya “Uzmobile” bo`ldi. Tarif 30 kunlik foydalanish muddati va muloqot daqiqalari hamda internet trafigining qulay paketini o`z ichiga oladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda jamoatchilik joylarida internetdan bepul va simsiz foydalanish(Wi-Fi zonalar) imkoniyatini yaratayotgan kompaniyalarga qator imtiyozlar taqdim etildi. O`z navbatida, ushbu faoliyat bilan shug`ullanadigan operatorlar, provayderlar va boshqa xo`jalik sub`ektlariga o`zlari yaratgan zonada 18 metr kvadratdan katta bo`lmagan maydonga reklama banneri yoki romini bepul asosda hamda joylardagi tegishli davlat hokimiyati organlari ruxsatisiz o`rnatish huquqi berildi.
Ma`lumot uchun, shu yilning 10 fevralidan boshlab mamlakatimizda ettita davlat — Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunllik muddatga vizasiz rejim joriy etildi va 39 mamlakat uchun bu boradagi tartib-taomillar soddalashtirildi.

photo 2018-02-20 14-54-47

photo 2018-02-21 11-46-30

photo 2018-02-21 17-14-13

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1