Rossiyaning Vladivostok, Ekaterinburg, Qozon va Rostov-Don shaharlarida O`zbekistonning bosh konsulliklari ochiladi. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Moskva shahrida o`tkazgan muzokaralari yakunlariga ko`ra bayonot berdi, deb xabar qiladi «TASS».
«Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligimiz ochilib bo`ldi, — dedi u. — 2017 yili Rossiya TIV ko`magida Rossiyaning yana to`rt federal okrugida O`zbekiston bosh konsulliklarini ochish masalasini ijobiy ko`rib chiqdik».
Xabarda ta`kidlanishicha, bu shaharlarda bosh konsulliklar tashkil etish bo`yicha Rossiya hukumati farmoyishi e`lon qilingan.






