AsosiySport

O`zbekistonlik engilmas bokschi nega Amerikada shug`ullanadi?

'O`zbekistonlik engilmas bokschi nega Amerikada shug`ullanadi?'ning rasmi

O`zbekistonlik engilmas professional bokschi Shohjahon Ergashev AQShda o`zining navbatdagi janggiga tayyorgarlikni boshladi. O`zA muxbiri tayyorgarlik yuzasidan bokschi bilan suhbatlashdi.

– Shohjahon galdagi jangni qachon o`tkazasiz?

– Nasib qilsa, joriy yilning 28 aprel kuni Nyu-Yorkda navbatdagi jangimni o`tkazaman. Hozircha raqibim kim ekani menga aniq bo`lmasa-da mazkur bahsga tayyorgarlikni boshladim. Niyatim yana ringda sharafim va shonim bo`lgan Vatanim bayrog`ini ko`tarish.

– Siz so`nggi paytlarda janglarga AQShning Detroyt shahrida tayyorgarlik ko`rmoqdasiz. Qisqacha mashg`ulotlar haqida aytib o`tsangiz?

IMG_1682.JPG

– Mashg`ulotlarda biz dastlab jismoniy holatimizni yaxshilab olamiz va asta-sekin texnik, taktik, sparring mashg`ulotlarda shug`ullanamiz.

– Nega aynan Amerikada shug`ullanasiz? U erda sizga qulay sharoit yaratib berishganmi?

– Bu erda menga proumoterim Dmitriy Salita va menejerim Oleg Bogdanov barcha sharoitni yaratib bergan. Amerikada shug`ullanishimning asosiy sababi, bu erda professional bokschilarning mashg`ulotlari yurtimizdagidan boshqacha. Men doimo shuni aytamanki, O`zbekistonda havaskor bokschilar maktabi juda kuchli, biroq professional boks Amerika ancha rivojlangan.

– 28 aprelda o`tadigan jang haqida biroz to`xtalib o`tsangiz. Chempionlik kamarini qo`lga kiritish uchun qachon ringga ko`tarilasiz?

IMG_1681.JPG

– Hozircha aniq ayta olmayman. Men reytingda 12-pog`onada turibman shu bois ham o`zimdan yuqoridagi bokschilarga qarshi ringga ko`tarilaman. Chempionlik kamari uchun o`tadigan jang joriy yilda bo`lishiga umid qilaman.

– Shohjahon samimiy suhbatingiz uchun rahmat!

– Sizlarga ham jamoamiz nomidan minnatdorlik bildiraman!

    Boshqa yangiliklar