Xitoy Markaziy televideniesida rus tilida efirga chiqadigan Xalqaro CCTV-Russkiy telekanali o`zining O`zbekistondagi hamkasblari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi.
Bu haqda Podrobno.uz muxbiriga Xitoy telekanal direktori o`rinbosari Innokentiy Xuan ma`lum qildi.
Hamkorlik aloqalarini o`rnatish maqsadida O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga rasmiy xat yuborilgan va hozirda ijobiy javob ham olingan, – deydi telekanalning rahbari o`rinbosari.
Agentlikdan ma`lum qilishlaricha, hamkorlikning ilk bosqichida teleefir almashish, muxbir va texnik xodimlar uchun tanishuv safarlari uyushtirish, shuningdek xodimlarning stajirovkasi tashkil etiladi. Keyinchalik Xitoy telekanali O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan o`z muxbiri bo`lish istagini ham bildirdi, bu esa efir uchun mamlakat haqida eksklyuziv mualliflik materiallar tayyorlash imkonini beradi.
Innokentiy Xuanning ta`kidlashicha, samarali munosabatlarni o`rnatish uchun ularga O`zbekistonda muxbirlik punkti tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Ta`kidlash joizki, joriy yilning iyul oyidan CCTV-Russkiy efiriga yangi «Evrosiyo vaqti» dasturini kiritish rejalashtirilgan, unda O`zbekiston haqida turkum ko`rsatuvlar uzatiladi.
CCTV-Russkiy telekanalining bosh vazifasi Xitoy va MDH mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hisoblanadi.





