Bank plastik kartochkalari asosida avtobus va tramvaylarda yo`lkira xaqini to`lash uchun bir martalik sotiladigan jetonlar soni oshirildi.
Endilikda jetonlarni naqd pulsiz asosda harid qilishning bir martalik limiti 50 tagacha oshirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AK xabar beradi. Avval yo`lovchilar plastik karta vositasida faqat 30 ta jeton harid qilishlari mumkin edi.
Jetonlar sotishda limit o`rnatilishining sababi shundan iboratki, mazkur to`lov tizimi tajriba asosida ishlab chiqilgan, jetonlar soni chegaralanganligi uchun esa ularni sotish hajmiga cheklov qo`yilgan.





