AsosiySport

Sharipova Xitoydagi turnirda chorak finalga chiqdi

'Sharipova Xitoydagi turnirda chorak finalga chiqdi'ning rasmi

Xitoyda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Xalqaro tennis federasiyasi – ITF tomonidan tashkil etilayotgan turnirning chorak finaliga yo`l oldi.

Musobaqaning ilk davrasida Sabina xitoylik Sun Ziyuni 6:3, 6:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, ikkinchi davrada yana bir mezbon tennischi Shuo Fengni har ikkala setda 6:3 hisobida g`olib bo`ldi.

Shu tariqa Sabina Sharipova chorak finalda xitoylik Ao Gai va Shuyue Ma uchrashuvi g`olibiga qarshi kortga chiqadi.

    Boshqa yangiliklar