AsosiyJamiyat

Metropolitenda yo`lovchilar oqimi o`rganiladi

18 va 21 may kunlari Toshkent metropolitenida yo`lovchilar oqimi o`rganiladi.

Tadbir davomida metroga tushayotgan barcha yo`lovchilarga tegishli belgi bilan belgilangan maxsus kartochka beriladi, metrodan chiqayotgan vaqtda esa uni nazoratchiga qaytarish zarur bo`ladi.

Metropolitenda yo`lovchilar oqimini o`rganish avtobus va yo`nalish taksilarining metro stansiyalar bilan bog`liqligini tahlil qilish va shu yo`l bilan jamoat transporti samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, 23 va 27 aprel kunlari poytaxtimizda jamoat transportining barcha turlarida yo`lovchilar oqimi o`rganilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar