1

Shavkat Mirziyoev xorijiy davlatlar elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Siyosat 01.03.2018, 09:18
Shavkat Mirziyoev xorijiy davlatlar elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoev Pokiston, Shveysariya, Latviya, Isroil, Germaniya, Slovakiya va Xitoyning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Irfon Yusuf Shomiy, Olive Shav, Mixails Popkovs, Eduard Shapir, Gyunter Overfeld, Yan Bori va Szyan Yandan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

Davlat rahbari elchilarni O`zbekistonda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy qutlab, mas`uliyatli faoliyatida yuksak yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.

Prezident o`z nutqida yangi elchilarni tayinlagan mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning ustuvor yo`nalishlariga to`xtaldi.

Shavkat Mirziyoev xorijiy elchilarga mamlakat vazirlik, idora va tashkilotlari bilan faol ishlash, joylardagi salohiyat va imkoniyatlar, xalqning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun hududlarga tez-tez tashrif buyurishni taklif etdi.

Turli mas`uliyatli lavozimlardagi faoliyati davomida to`plangan tajriba xorijiy diplomatlarga belgilangan maqsadlarga samarali erishish hamda O`zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo`lida zimmasiga yuklatilgan muhim missiyani muvaffaqiyatli ado etishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Yangi tayinlangan elchilar samimiy qabul uchun O`zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o`rtasidagi keng miqyosli va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga bor sa`y-harakatlarini safarbar qilishini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1