AsosiyJamiyat

Aqto`be fojiasidan omon qolgan yigit o`zi ko`rgan dahshatlarni bayon etdi va “Toshkent-siti” qurilishida ishlamoqchi ekanini aytdi

'Aqto`be fojiasidan omon qolgan yigit o`zi ko`rgan dahshatlarni bayon etdi va “Toshkent-siti” qurilishida ishlamoqchi ekanini aytdi'ning rasmi

“Darakchi” gazetasining bugungi sonida 2018 yil 18 yanvarda Aqto`be viloyatida sodir bo`lgan, 52 hamyurtimizning fojiasiga sabab bo`lgan mudhish halokatdan omon qolgan hamyurtimiz Ahror Isakov bilan suhbat chop etildi.

-Ahrorbek, o`shakungi fojia qanday yuz bergandi?

-O`sha kuni kechasi juda qattiq sovuq bo`lgandi. Solyarka muzlab, elektr tizimi ham izdan chiqqan ekan. Yo`lda yong`indan sal avval, to`xtab qolgan yana bitta avtobusni ko`rgandik. Ko`p o`tmay biz ham to`xtadik. “Endi nima qilamiz?” deb so`rasak, haydovchilar “boshqa avtobusni kutamiz” deyishdi. Ertalab hamrohdarimiz bilan yaqin oradagi emakxonada nonushta qildik. Men avtobusning old o`rindig`ida haydovchilar yonida o`tirgandim.. Ko`zim ilingan ekan. Kuchli shovqindan uyg`onib ketdim. Qarasam avtobus alanga ichida qolgan, mening ham kiyimlarim o`t tushib yona boshlagandi. Jon holatda o`zimni pastga otdim. Nima bo`layotganini anglagan paytimda avtobus butkul o`t ichida qolgandi.

-Yong`in nimadan chiqqan?

- Avtobusning ichi judasovub ketgandi. Shuning uchun hamrohdarimiz salonni kavshar lampa bilan isitardik. Yong`in chiqqan paytda men uyquda bo`lganman. Avtobusda besh litril kanistrda benzin bo`lgan. Uning og`zi ochiq bo`lgan. O`sha kanistrdagi benzin yonib ketgach, butun avtobus o`t ichida qolgan.

-Odamlar jonini qutqarishga urinmadimi?

-Avtobus ikki qavatli edi. Yo`lovchilarning hammasi ikkinchi qavatda edi. Eshik qulflanib qolgan Farg`onalik bir akamiz (Adhamjon Ma`rifjanov – tahr.) ham oldinda o`tirgan edi. U o`g`li (Avazbek Ma`rifjonov – tahr.) bilan birga chiqqandi. Yong`in chiqishidan oldin o`rnini haydovchiga bo`shab berib, o`g`lining yoniga orqaga o`tib ketgan. O`g`lining adyoli bor ekan. O`zimning jiyanim ham olov ichida qop ketdi.bilan o`g`lini qutqargani orqaga, olov ichiga o`zini urdi. Yong`in chiqqanda hamma o`zini oqa eshikka urgan.Avtobus eshiklari havo bilan yopilgani uchun yong`in paytida ishdan chiqqan, orqa va o`rta eshiklar qulflanib qolgan ekan.

-Sizlar avtobusdagilarni qutqarishga harakat qildinglarmi?

-Albatta! Birinchi navbatdaavtobusning orqa eshiklarini ochmochi bo`ldik. Eshiklarni ochib bo`lmadi. Keyin avtobus oynasini sindirishga narsa qidirish uchun tosh qidirdim. Aksiga olib erda bittayam tosh yo`q. Faqat avtobusdan o`t o`chirish moslamasi – ognetushitel qo`limga tushib qolgandi. Avtobusning ikkinchi qavati oynasiga ikki-uch marta haligi moslamani otdim. Avtobus haydovchisi ham urinib ko`rdi. Ammo oynalar judaqattiq bo`lgani uchunmi, sindirishning iloji bo`lmadi.

-Avtobusda janjal chiqqan, yo`lto`sarlar avtobusni qo`lga olgan, degan gaplar chiqqandi.

-Bular hammasi uydirma. Bolalar ichib janjal chiqaribdi, degan gaplarni eshitdik. Unaqa bo`lmagan. Hech kim ichmagandi. Hech kim janjal chiqargani yo`q. Hech kim qo`lga tushirgani ham yo`q.

-Atrofdan hech kim yordamga kelmadimi?

-Yaqin atroyda odam yashamasdi. Bitta avtobus kelib to`xtadi. Lekin bu paytda yordam berishning imkoni qolmagandi. Bir-bir yarim soatda qutqaruvchilar etib kelishdi.

-Qo`shni mamlakatda sizga qanday munosabatda bo`lishdi?

-Yaxshi. Qo`ldan kelgancha yordam berishdi. Hech qanaqa ortiqacha shgap-so`z bo`lgani yo`q. 28 yanvar kuni O`zbekiston chegarasidan o`tdik. 29 yanvarda uyga kirib keldik. Haligacha o`zimga kelolganim yo`q. O`t ichida qolgan hamrohlarim haligacha ko`z oldimdan ketmaydi. Ularni Alloh rahmatiga olgan bo`lsin.

-Shaxsiyrejalaringiz qanday?

-Hozircha uy ishlari bilan yuribman. Tez orada o`zimizdan biror yaxshiroq ishga joylashmoqchiman. Yaqinda “Toshkent-Siti” qurilishi boshlandi. Quruvchilikdan yaxshigiga xabarim bor. Qo`lidan ish keladigan boshqa tanishlarim ham bor. Agar o`sha erda ish topib berishsa, borib yurtimizdagi bunyodkorlik ishlariga biz ham hissa qo`shsak degan niyatda edim...

-Suhbatingiz uchun rahmat!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar