AsosiyJamiyat

Islom Karimov Xitoyga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 19 may kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengashning IV sammitida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahriga jo`nab ketdi.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash qit`ada hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan xalqaro forumdir, deya xabar beradi O`zA.

Kengashning asosiy maqsadi ko`p tomonlama munosabatlarni ishlab chiqish orqali bu yo`nalishdagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Bugungi kunda Kengashga 24 davlat a`zo. To`qqiz mamlakat va to`rt xalqaro tashkilot uning kuzatuvchilari hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar