1

Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi davomida ikki mamlakat chegarasiga oid shartnoma imzolanadi

Siyosat 02.03.2018, 14:08
Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi davomida ikki mamlakat chegarasiga oid shartnoma imzolanadi

24 fevral – 1 mart kunlari Toshkent shahrida davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha O`zbekiston va Tojikiston hukumatlari delegasiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

2018 yil 24 fevral kuni Farg`ona shahrida imzolangan O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha O`zbekiston — Tojikiston hukumatlararo komissiyasi qo`shma majlisi bayonnomasi ijrosi doirasida ishchi guruhlari tomonidan O`zbekiston — Tojikiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to`g`risida O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi shartnoma loyihasiga ilovalar tayyorlandi. Ushbu hujjat O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga bo`lajak davlat tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

«Muzokaralar konstruktiv muhitda, do`stlik va o`zaro tushunish ruhida o`tdi. Uchrashuv yakunida bayonnoma imzolandi», — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1