“Manchester Siti” klubi 63 yilda ilk bor APLda “Arsenal”, “Chelsi” va MYuni bir mavsumning o`zida mehmonda mag`lub eta oldi.
Kecha APLning 28-turida Pep Gvardiola shogirdlari Arsen Venger boshchiligidagi "Arsenal" jamoasini safarda 3:0 hisobida mag`lub etib qaytishdi.
“Siti” ilk marta 1954/1955 yilgi mavsumda “Arsenal”, “Chelsi”, MYuni ham mehmonda mag`lub etgan. Oradan 63 yil o`tib “shaharliklar” o`sha natijani takrorlay olishdi, deb yozadi "Olamsport" nashri.






