AsosiyJamiyat

Rossiyaning yirik konserni rahbari O`zbekistonda hibsga olindi

Rossiyaning G`arbiy-Ural mashinasozlik konserni prezidenti Aleksandr Pozdeev O`zbekiston Bosh prokuraturasiga so`roqqa chaqirildi va uch sutkaga hibsga olindi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligi xabar bermoqda. Unga nisbatan jinoiy ish konsern tomonidan tuzilgan shartnomalarning narxlari oshirib ko`rsatganligi sababli qo`zg`atilgan.

Ayni damda konsern O`zbekistonda umumiy qiymati 200 million dollarga teng loyihalarni amalga oshirmoqda.

Pozdeevni hibsga olish bo`yicha masalalar echimida Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi elchixonasi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan aloqada bo`lib turibdi.19 may kuni mahalliy sud Pozdeevni hibsga olish apellyasiyasini ko`rib chiqdi.

2010 yil sentyabrida konsern yillik quvvati 1 million tonna rudaga teng bo`lgan Qashqadaryo viloyatidagi Dehqonobod kaliy o`g`itlari zavodi uchun homashyo qazib chiqarish majmuasini qurib bergan. Loyiha qiymati 60 million dollarni tashkil etgan.

2015 yilning boshida kompaniya Dehqonobod kaliy o`g`itlari zavodi uchun majmua va kanat yo`lini qurib berishni rejalashtirgan edi. 2016 yilga borib konsern Navoiy tog`-kon metallurgiya kombinati va Olmaliq tog`-metallurgiya kombinatlari uchun oltin qazish bo`yicha kon qurishni rejalashtirgan

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar