AsosiySiyosat

Sankt-Peterburgda O`zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshladi

'Sankt-Peterburgda O`zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshladi   'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi o`z faoliyatini boshladi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, uning konsullik okrugiga Rossiya Federasiyasining Shimoliy-g`arbiy federal okrugi kiradi.

Eslatib o`tamiz, 22-23 fevral kunlari O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaga tashrifi chog`ida mamlakatning bir nechta federal okrugida O`zbekistonning bosh konsulliklari ta`sis etilganligini ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar