1

Prezidentimizning Navoiy viloyatiga tashrifi nihoyasiga etdi

Siyosat 03.03.2018, 07:55
Prezidentimizning Navoiy viloyatiga tashrifi nihoyasiga etdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 mart kuni Navoiy viloyatida bo`ldi.

Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatida foydalinilmayotgan imkoniyatlarni tahlil qilib, ularni ishga solish orqali odamlarni ish bilan ta`minlash, moliyalashtirish bazasini kengaytirish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash zarurligini ta`kidladi. Xorijiy investisiyalarni jalb etish, imortni qisqartirish va eksportni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi.

Viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi. Ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash, ko`p qavatli uy-joylar qurish, aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi dolzarb masalalar hal etildi. Xususan, arzon uy-joylar qurish o`tgan yilgiga nisbatan ikki barobar oshiriladigan, viloyat sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirish va shifoxonalarni jihozlash uchun 4,5 million dollar mablag` ajratiladigan bo`ldi. Kam ta`minlangan oilalar to`ylarini davlat tomonidan ixcham tarzda o`tkazib beruvchi jamg`arma tashkil etilishi ma`lum qilindi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Navoiy viloyatiga tashrifi yakuniga etdi. Safar asnosida alohida ta`kidlanganidek, istiqbolli loyihalar, berilgan topshiriqlar ijrosi davlat rahbarining doimiy nazoratida bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1