AsosiySport

«Uzbek Tigers»ning navbatdagi jangi qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi

'«Uzbek Tigers»ning navbatdagi jangi qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Uzbek Tigers jamoasi WSB musobaqasining VIII mavsum guruh bosqichi 3-turida Kolumbiyaning Colombia Heroicos bokschilarini 4:1 hisobida engdi.

Toshkentdagi «Universal» sport majmuasida bo`lib o`tgan boks kechasida Shunqor Abdurasulov Duvan Zuletani (60 kg), Mahmud G`oipov Aleksander Rangelni (69 kg), Bektemir Meliqo`ziev Diego Motoani (81 kg) va Bahodir Jalolov Kristian Salsedoni (+91 kg) taslim etdi.

Birgina Xudoynazar Fayzov Keybar Avilaga (52 kg) mag`lub bo`ldi.

Uzbek Tigers bokschilari 23 mart kuni yana bir bor Colombia Heroicos jamoasiga qarshi ringga chiqishadi.

Eslatib o`tamiz, o`zbekistonlik bokschilar 27 fevral kuni Cuba Domadores klubini 4:1 hisobida mag`lub etgandi.

    Boshqa yangiliklar