AsosiyJamiyat

27 ta pedagogika kolleji qayta attestasiyadan o`tkaziladi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari tomonidan 2014 yil 24 mart kuni tasdiqlangan "O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini qayta attestasiyadan o`tkazish jadvali" asosida 27 ta pedagogika kollejlarining qayta attestasiyadan o`tkazish ishlari boshlandi.
Attestasiya O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida ta`lim muassasalarini davlat akkreditasiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizom” hamda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro`yxatiga olingan "O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini attestasiyadan o`tkazish mezonlari va texnologiyalari bo`yicha yo`riqnoma" asosida amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kungacha 15 ta pedagogika kollejlarining qayta attestasiyaga jalb qilingan kasblari faoliyati “O`zbekiston Respublikasida ta`lim muassasalarini davlat akkreditasiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizom” asosida o`rganildi. O`quvchilar bilim darajasini aniqlash bo`yicha test sinovlari o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar