Bu yil yurtimiz maktablarida 9 sinfni 501 ming 564 nafar bitiruvchi tamomlaydi.
Kecha Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 2013/2014 o`quv yili yakunlari va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan matbuot anjumanida shu haqda so`z yuritildi. Tadbirda O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vaziri U.Inoyatov qatnashdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda xalq ta`limi tizimida 15729 ta`lim muassasasi faoliyat ko`rsatmoqda. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida 4 million 458 ming nafardan ortiq o`quvchiga 390 ming nafardan ziyod ustoz va murabbiy ta`lim-tarbiya bermoqda.
Ayni kunda maktablarning 9-sinflarida bilim olayotgan o`quvchilarni ta`limning keyingi bosqichiga to`liq qamrab olish maqsadida 1-9-sinf o`quvchilariga oid to`liq ma`lumotlar bazasi shakllantirildi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalarning kelgusida qaysi kollej yoki liseyda tahsilni davom ettirishini mukammal o`rganish maqsadida maxsus so`rovnomalar o`tkazildi. «Kasblar festivali», o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi dargohlarida «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlarining tashkil etilishi bolalarning to`g`ri kasb tanlashiga ko`maklashishda muhim ahamiyat kasb etoqda.
O`tkazilgan so`rovlarga ko`ra, 46,91 mingga yaqin bitiruvchilar ta`limni akademik liseylarda va yana 450,39 ming o`quvchi kasb-hunar kollejlarida davom ettirishadi.