AsosiySport

Arnold Shvarsenegger o`zbekistonlik sportchini g`alabasi bilan shaxsan tabrikladi (foto)

'Arnold Shvarsenegger o`zbekistonlik sportchini g`alabasi bilan shaxsan tabrikladi (foto)'ning rasmi

O`zbekistonlik sportchi Mixail Volinkin havaskorlar o`rtasida o`tkazilayotgan «Arnold klassik-2018» musobaqasida mutloq chempionlikni qo`lga kiritdi va terma jamoamizga oltin medalni taqdim etdi. Mixail ushbu g`alabasi orqali, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ichida bodibilding bo`yicha professional karta qo`lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi sayti yozmoqda.

Ushbu musobaqa 1988 yildan buyon o`tkazib kelinmoqda va musobaqaning asoschisi mashhur sportchi, aktyor, Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger hisoblanadi.

Ta`kidlab o`tish lozimki, Mixail Volinkinning ushbu g`alabasi yosh sportchilarimiz uchun haqiqiy namuna bo`la oladi. Ahir bolalar uyi tarbiyalanuvchisining jahon chempionligiga qadar bosib o`tgan yo`li ko`ngli yarim bo`lgan bolajonlar uchun o`ziga bo`lgan ishonchni ortishida muhim rol o`ynaydi.

Shuningdek, musobaqaning masresling bahslarida birinchi o`rinni qo`lga kiritgan boshqa bir sportchimiz Olesya Gureevani ham muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

    Boshqa yangiliklar