1

O`zbekiston va Qirg`iziston Ichki ishlar vazirliklari o`zaro hamkorlikni boshladi

Siyosat 05.03.2018, 09:41
O`zbekiston va Qirg`iziston Ichki ishlar vazirliklari o`zaro hamkorlikni boshladi

Toshkentda 2 mart kuni O`zbekiston va Qirg`iziston respublikalari Ichki Ishlar vazirliklari orasida Idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Yig`ilishda Ichki ishlar vazirliklari orasida umumjinoiy harakatlarga qarshi kurashish va qidiruv faoliyatida hamkorlik qilish masalalari ko`rib chiqildi.

Undan tashqari, har ikki tomon terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migrasiya bo`yicha ma`lumot almashinuvi borasidagi faoliyatining hozirgi kundagi holati va kelgusidagi istiqboli, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo`yicha o`zaro hamkorlikni rivojlantirish yo`llari muhokama etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan sohalarda tajriba almashish masalalari borasida fikrlashdilar.

Tadbir yakuniga ko`ra, 2018-2019 yil uchun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qirg`iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o`rtasidagi o`zaro hamkorlik to`g`risidagi Protokol, shuningdek, yig`ilish Bayonnomasi imzolandi.

Ta`kidlash kerak-ki, ushbu uchrashuv O`zbekiston va Qirg`iziston rahbarlarining 2017 yil 13 dekabrda Toshkentda bo`lib o`tgan muloqotining mantiqiy davomi bo`ldi. O`zbekiston IIV tomonidan tadbirni vazirning birinchi o`rinbosari, general-mayor D.Nazarmuhamedov, qirg`izistonlik hamkasblar tomonidan – vazir o`rinbosari, milisiya general-mayori D.Abdikarov boshqardi.

Pervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinasionnoy rabochey grupp mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Krgzskoy Respubliki


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1