1

Bugun Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi navbatdagi yig`ilishini o`tkazadi

Siyosat 05.03.2018, 12:59
Bugun Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi navbatdagi yig`ilishini o`tkazadi

Joriy yilning 5 mart kuni Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig`ilishi o`tkaziladi.

Yig`ilishda 2018 yilda Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishida NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta`minlashning yo`nalishlari muhokama qilinadi.

Davlat byudjetidan ajratilgan 17,7 mlrd. so`m miqdoridagi mablag`lar davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalari va subsidiyalar shaklida yo`naltirilishining ustivor vazifalari ko`rib chiqiladi.

Yo`naltirilishi rejalashtirilgan mablag`lar miqdori 2017 yildagi ajratilgan mablag` miqdoriga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1