AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik o`quvchilar xalqaro Mendeleev olimpiadasida birinchi darajali diplomni qo`lga kiritdi

O`zbekistonlik o`quvchilar Kimyo bo`yicha 48-xalqaro Mendeleev olimpiadasida umumjamoa hisobida uchinchi o`rinni qo`lga kiritib, birinchi darajali diplom sohibiga aylanishdi. O`zbekiston vakillari 8 ta medalni qo`lga kiritishdi.

Olimpiadada birinchi pog`onani 11 ta medal bilan Qozog`iston, ikkinchi o`rinni 10 ta medal bilan rossiyaliklar qo`lga kiritishdi.

RIA Novostining xabar berishicha, Xalqaro Mendeleev olimpiadasi har yili MDH, Boltiq bo`yi hamda janubi-sharqiy Evropa mamlakatlaridan o`quvchilar qatnashishadi.  

Bu yilgi olimpiada qur`a tashlash natijalariga ko`ra Kievda o`tishi kerak edi, biroq Ukrainadagi siyosiy vaziyat sababli tadbir Moskva Davlat universitetida bo`lib o`tdi.
48-olimpiadada 16 mamlakatdan milliy olimpiadalarda g`oliblikni qo`lga kiritgan 100 nafar o`quvchi ishtirok etdi. 
Xalqaro hakamlar hay`ati qarori bilan olimpiadaning 62 nafar ishtirokchisi birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplomlari, shuningdek, oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlandi.
Birinchi darajali diplomlarni O`zbekiston, Ruminiya, Rossiya va Belorussiya o`quvchilari qo`lga kiritishdi.
Ikkinchi darajalii diplom bilan 20 nafar o`quvchi, uchinchi darajadagi bilan 32 nafar o`quvchi taqdirlandi.
Asosiy mukofotlardan tashqari olimpiada sovrindorlari Rossiyaning istalgan etakchi oliy o`quv yurtiga imtihonsiz kirib, bepul o`qish imkoniyatini qo`lga kiritadi.

Tashkiliy qo`mita qarori bilan 49-xalqaro Mendeleev olimpiadasi Tatarston poytaxti Qozonda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar