Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan barcha viloyatlarda yangi madaniyat va istirohat bog`lari ochilib, mavjudlari bosqichma-bosqich qayta ta`mirlanmoqda.
«Pravda Vostoka» nashrining xabar berishicha, hududiy manzilli dasturda 225 ta bog` mavjud bo`lib, ularning 77 tasi yangidan qurilib, 105 tasi kapital rekonstruksiya qilinadi, 29 tasi esa kapital ta`mirdan chiqariladi, qolgan 14 tasida joriy ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan tadbirlar doirasida poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog`ining hududi kengaytirilib, umumiy maydoni 90 metrga teng favvoralar qurildi. Bog` hududidagi ko`lga maxsus tozalovchi filtrlar o`rnatilib, yangi attraksionlar o`rnatildi.
Bobur nomidagi bog`da esa «Seul bog`i»ning qurilish ishlari davom etmoqda. Uning umumiy maydoni 17,5 ga teng bo`lib, bog`dagi yashil hudud etti gektarni tashkil qiladi. Yangi bog` ikki mamlakat o`rtasida do`stlik va hamkorlikni rivojlantirishda o`ziga xos timsol bo`lib xizmat qiladi.