AsosiySport

O`zbekiston kurashchilari Osiyo chempionatida 14 medal sohibi bo`ldi

'O`zbekiston kurashchilari Osiyo chempionatida 14 medal sohibi bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasi Qirg`izistonda bo`lib o`tgan sport kurashlari bo`yicha Osiyo chempionatida 14 medal sohibi bo`ldi.

Musobaqada qit`amizning 20 dan ortiq mamlakatidan sportchilar ishtirok etishdi. Qit`a birinchiligining erkin kurash bellashuvlarida O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 7 ta medalni qo`lga kiritdi. Jumladan, Ixtiyor Navro`zov (70 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) va Davit Modzmanashvili (125 kg) o`z vazn toifasida oltin medallarga sazavor bo`ldi.

Mahmud Shavkatov (57 kg), Abbos Rahmonov (61 kg), Timur Usmonohunov (65 kg) va Aziz Soliev (92 kg) faqat finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Yunon-rum kurashi bo`yicha ham O`zbekiston jamoasi 7ta medalga egalik qildi. Xususan ushbu sport turida 63kg vazn toifasida Elmurad Tasmuradov oltin medalni yutib oldi. Rustam Assakalov (97 kg.), Mo`min Abdullaev (130 kg.) kumush, Islom Bahromov (60 kg.), Mirzobek Rahmatov (67 kg.) va Aram Vardanyan (72 kg.) bronza medalini bilan taqdirlandi.

Xotin-qizlar o`rtasida Nabira Esenbaeva (59 kg.) kumush medalni qo`lga kiritdi.

E`tiborli jihati, mazkur Osiyo chempionatida Elmurod Tasmurotov to`rtinchi, Magomed Ibragimov esa ikkinchi marta qit`a g`olibligiga erishdi.

    Boshqa yangiliklar