AsosiySport

Figurali uchish bo`yicha mamlakat chempionatida g`oliblar aniqlandi

'Figurali uchish bo`yicha mamlakat chempionatida g`oliblar aniqlandi'ning rasmi

Poytaxtimizda figurali uchish bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazildi.

Mamlakatimizda qishki sport turlarini aholi o`rtasida ommalashtirish va ular orasidan iste`dodli yoshlarni saralash maqsadida o`tkazilgan mazkur chempionat keskin va murosasiz bahslarga boy o`tdi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida Shohsanam Tohirova, Kamilla Faradaeva, Mariya Filippova kattalar o`rtasida shohsupaga ko`tarilgan bo`lsa, o`smir qizlar o`rtasida Alyona Mezenseva, Laziza Solieva, Ekaterina Tertichnaya g`olib va sovrindorga aylandi.

Muz ustida raqs bo`yicha juftlik bahslarida Yuliya Kim va Shohrux Sultonov birinchi, Arina Pavlishuk va Aleksandr Kurolotka ikkinchi hamda Amira Mirolimova va Konstantin Li uchinchi o`rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar