AsosiyJamiyat

2014 yilda maktablar 106,2 milliard so`mlik jihozlar bilan ta`minlanadi

2014 yilda 3024 umumta`lim maktabi va 48 bolalar musiqa va san`at maktabini 106,2 milliard so`mlik mebel, o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va musiqa asboblari bilan ta`minlash ko`zda tutilgan.

Umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflari chet tili kabinetlarini 4193 to`plam texnik vositalar hamda yuqori sinf chet tili xonalarini 1500 to`plam kompyuter texnikasi bilan ta`minlash rejalashtirilgan. Ayni paytda bilim maskanlaridagi chet tillari xonalari uchun texnik vositalar, o`quv adabiyotlari, lug`atlar, rasmlar to`plami, kompyuter texnikasini etkazib berishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
2013/2014 o`quv yilida 392 nomdagi 22,5 million nusxa darslik va o`quv-metodik qo`llanmalar chop etilib, joylarga etkazildi. Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qitiladigan 18 umumta`lim fani bo`yicha 38 umumiy o`rta, 28 o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi maskanlarida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturlari loyihalarining tajriba-sinov jarayoni amalga oshirilmoqda.
Joriy o`quv yilida maktab o`quvchilarining umumta`lim fanlari bo`yicha o`tkazilgan bilimlar bellashuvining dastlabki bosqichida 1,9 million nafar o`quvchi ishtirok etgani o`g`il-qizlarning o`qishga bo`lgan intilishi muttasil ortayotganidan dalolat beradi.
Ta`lim sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish, fanlar bo`yicha ilg`or tajriba, pedagogik texnologiyalarni o`qituvchilarga etkazish maqsadida oliy ta`lim maskanlari professor-o`qituvchilari tuman va shaharlardagi maktablarga biriktirilib, barcha fanlar bo`yicha «Mahorat maktablari» faoliyati keng yo`lga qo`yildi.

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta`lim jarayoniga joriy etish bo`yicha 194 tayanch maktab tashkil etilib, 400 ming nafarga yaqin pedagog uchun 72 soatlik maxsus o`quv mashg`ulotlar o`tkazildi.

 

    Boshqa yangiliklar