AsosiyJamiyat

IIV yo`l harakati xavfsizligi masalasida bevosita muloqot o`tkazadi

IIV Birlashgan tahririyati ijodiy jamoasining navbatdagi bevosita muloqoti yo`l harakati xavfsizligi tizimi masalalariga bag`ishlanadi.

Bevosita muloqot 27 may kuni soat 10.00dan 12.00gacha bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining rahbarlari va etakchi mutaxassislari ishtirok etadilar.

Mazkur muloqot ichki ishlar idoralari faoliyatiga doir turli masalalar yuzasidan kelib tushayotgan savollarni inobatga olgan holda uyushtiriladi, deya xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Ularga quyidagi telefonlar orqali murojaat etish mumkin: 231-41-09, 230-34-07.

Savollar oldindan yozma ravishda ham qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar