1

Afg`oniston bo`yicha konferensiya ochilishida O`zbekiston va Afg`oniston prezidentlari so`zga chiqadi

Siyosat 06.03.2018, 11:25
Afg`oniston bo`yicha konferensiya ochilishida O`zbekiston va Afg`oniston prezidentlari so`zga chiqadi

Afg`oniston bo`yicha konferensiya ochilishida O`zbekiston va Afg`oniston prezidentlari so`zga chiqadi.

Shuningdek, BMT bosh kotibi hamda qator davlatlar TIV rahbarlari anjumanda qatnashish uchun taklif qilingan.

26−27 mart kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan Afg`oniston bo`yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy aloqalar sohasida hamkorlik» Toshkent xalqaro anjumani ochilishida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Afg`oniston Prezidenti Ashraf G`ani so`zga chiqadi. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.

Anjumanda ishtirok etish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning Afg`onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamota, Evropa kengashining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha oliy komissari Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari taklif qilingan.

Toshkentdagi anjuman 28 fevral kuni Afg`oniston poytaxtida o`tkazilgan «Kobul jarayoni» ikkinchi yig`ilishdan so`ng tashkillashtirilib, Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash bo`yicha xalqaro jamoatchilik tomonidan qo`llanilayotgan choralarni kuchaytirishning mantiqiy davomi bo`ladi.

Forum qatnashchilari Afg`oniston hukumati va «Tolibon» harakati o`rtasida hech qanday shartlarsiz to`g`ridan-to`g`ri muzokaralarni tez orada boshlash zarurati haqida mintaqaviy va global darajadagi nuqtai nazarlarni bildirishlari kutilmoqda.

Konferensiya yakunlari bo`yicha Toshkent deklarasiyasini qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1