AsosiyJamiyat

Onlayn tarzda kredit olish imkonini beruvchi xizmat yo`lga qo`yildi

Biznes vakillari uchun qo`shimcha imkoniyatlar va qulayliklar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, tadbirkorlarga AKIB “Ipoteka-Bank” kreditlarini olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish imkoniyatini beruvchi yangi xizmat yo`lga qo`yildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuridik shaxs sifatida ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar, “Barcha tashkilotlar” bo`limida barcha banklar ichidan AKIB “Ipoteka-Bank” tanlaydilar va ushbu bank xizmatlari ichidan tegishli xizmatni tanlaydilar. Shundan so`ng, portalda ko`rsatilgan yo`riqnomaga asosan, to`rt qadamda o`zlarining onlayn arizalarini qoldirishlari mumkin.

Mazkur xizmat, hech shubxasiz, kredit olish jarayonini soddalashtirish, AKIB “Ipoteka-Bank” tomonidan tadbirkorlik subektlarini kreditlash jarayonini tezlashtirish, hamda, banklar faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.

    Boshqa yangiliklar