8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Mamlakatimiz kimyo sanoatining yirik quvvatlaridan biri - “Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi” unitar korxonasida mehnat qilayotgan ishchilarning 191 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. Korxonada xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash, ularga mos mehnat sharoitini yaratish doimiy e`tiborda, deb yozadi O`zA.
— Yaqinda zavod hududidan maxsus bino ajratilib, tikuvchilik sexi faoliyati yo`lga qo`yildi, - deydi korxonaning xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zebo Salimova. – Sakkiz nafar xotin-qizga chevarlik sirlari o`rgatilib, ularga ishchi-xizmatchilar uchun maxsus ish kiyimlari tikish vazifasi yuklatildi. Ish bilan ta`minlangan ayollar mo`may daromad topish bilan birga, korxona ehtiyoji uchun zarur tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga o`z hissasini qo`shmoqda.










