O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Adxam Axmedbaev seshanba kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyati bo`yicha Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining shaxsiy tarkibini yig`di.
Yig`ilishda bo`linma xodimlari tomonidan poraxo`rlikka yo`l qo`yilgan faktlar namoyish etildi, bu haqda Anhor.uz nashri “Novy vek” gazetasiga asoslangan holda xabar beradi. Tadbir “Turkiston” saroyida bo`lib o`tdi.
Saroy katta ekranida xodimlarga videokameraga yashirin ravishda suratga olingan poraxo`rlik holatlari namoyish etildi, suratga olish ishlari IIV tezkor xodimlari tomonidan amalga oshirilgan.
Ma`lumotlar ko`ra, hujjatli lavhalarda aks etgan 16 nafar xodim, namoyish nihoyasiga etishi bilanoq ishdan bo`shatilgan.
«IIV yangi rahbari ana shunday xodimlarga qarshi kurashishga astoyidil bel bog`lagan. Bunday tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirib turiladi», - deya ta`kidlaydi nashr.
Eslatib o`tamiz, Adxam Axmedbaev O`zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga 2013 yilning dekabrida tayinlangan.