Tojikistondan O`zbekiston Respublikasiga 2018 yil vegetasiya davrida o`zaro foydali texnik-iqtisodiy shartlar bo`yicha 1,5 milliard kVt. soatgacha bo`lgan miqdorda elektr energiyasi etkazib beriladi.
“O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati axborot markazining tarqatgan xabariga ko`ra, bu haqdagi kelishuvga Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya majlisi bayonnonomasi bandlarini bajarish bo`yicha ishchi komissiya yig`ilishi davomida erishilgan.
Ta`kidlanishicha, Tojikistondan O`zbekistonga 2018/2019 yillar qish mavsumi uchun etkazib beriladigan elektr energiyasi hajmi qo`shimcha ravishda ko`rib chiqiladi.






