AsosiySiyosat

O`zbekiston va Tojikiston 140 million dollarlik shartnomalar imzolaydi

'O`zbekiston va Tojikiston 140 million dollarlik shartnomalar imzolaydi  'ning rasmi

Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga bo`ladigan davlat tashrifi davomida umumiy qiymati 140 million dollardan ortiq bo`lgan 27ta shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komil Allamjonov OAVga ma`lum qildi.

“Prezidentimiz konstruktiv ishlaydi va ko`p masalalarni joyida hal qiladi. Shu sababli tashrif davomida shartnomalar soni oshishi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Tojikiston tashrifidan katta natijalar kutilmoqda. Ular orasida eng muhimi, ikki davlat rahbarlarining o`zbek-tojik davlat chegarasining alohida bo`laklari bo`yicha umumiy bayonoti va ikki mamlakat fuqarolarining o`zaro tashriflari haqidagi shartnomalardir.

Undan tashqari Dushanbeda bo`lib o`tayotgan biznes-forum va O`zbekiston sanoati ko`rgazmasida umumiy qiymati 140 million dollar bo`lgan tijorat shartnomalari imzolanishi ham kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar